Sardor Rashidov o‘z sovrinini qabul qilib oldi

"Bunyodkor" va milliy terma jamoamizning yarim himoyachisi Sardor Rashidov “Interfutbol” gazetasi tasnifi bo‘yicha "Yilning kashfiyot futbolchisi" deb, e’tirof etilgandi.
Mazkur sovrin bugun o‘z egasiga topshirildi. Bir so‘z bilan aytganda, chorshanba kuni “Interfutbol” gazetasi vakillari Sardor Rashidovga maxsus sovrin topshirishdi.
Binobarin, “Interfutbol” gazetasining ushbu mukofoti futbolchining 2014 yilgi mavsumda ajoyib va bir maromda o‘yin ko‘rsatganligi uchun ham taqdim etildi. O‘ylaymizki, Sardor bundan keyin ham o‘z klubi va terma jaomamizda ham etakchi futbolchilardan biri sifatida ko‘p yillar mobaynida e’tirof etilib kelinadi...
“Bunyodkor” futbolchilari, OAV vakillari qarshisida “Interfutbol” gazetasi vakillari Zafar Qosimov va Kamoliddin Alimov sovrinni Sardor Rashidovga topshirishdi.
Manba: www.stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing