3 592
Rossiya MTJ sobiq ustozi: Chempionatimizda anchadan buyon O‘runovday yaxshi futbolchi bo‘lmagan!
Rossiya milliy terma jamoasining sobiq ustozi Boris Ignatev “Spartak” jamoasiga qo‘shilgan o‘zbek legioneri Oston O‘runovni maqtadi.
- Menimcha, O‘runov futbolimizning yangi yulduzlaridan, yuqori o‘yin madaniyatiga ega futbolchi. Texnikasi mukammal va psixologik tomondan barqaror. Shaxsiy mahoratini chiroyli tomondan ko‘rsata oladi.
To‘g‘risi, chempionatimizda O‘runovday yaxshi futbolchilar anchadan buyon bo‘lmagan. Uning o‘yinlarini tomosha qilib rohat olaman. Lekin, u o‘z modeliga ega bo‘lgan jiddiy jamoada o‘zini qanday ko‘rsatishini bilmay turibman. Agar improvizatsiya jihatidan baho bersak Oston “Ufa”dagi kabi jiddiy futbolchiga aylanadi. “Spartak”ning o‘yin modeliga kirishib ketishi bu qiyin masala. Chunki u jamoaviy o‘yinlarga moslashish o‘rniga individual harakatlari bilan raqibni ortda qoldirishni yaxshi ko‘radi. U individual jihatdan haqiqatan ham kuchli o‘yinchi, - dedi Boris Ignatev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)