20:27 / 12.08.2020
3 581

Rossiya MTJ sobiq ustozi: Chempionatimizda anchadan buyon O‘runovday yaxshi futbolchi bo‘lmagan!

Rossiya MTJ sobiq ustozi: Chempionatimizda anchadan buyon O‘runovday yaxshi futbolchi bo‘lmagan!
Rossiya milliy terma jamoasining sobiq ustozi Boris Ignatev “Spartak” jamoasiga qo‘shilgan o‘zbek legioneri Oston O‘runovni maqtadi.
- Menimcha, O‘runov futbolimizning yangi yulduzlaridan, yuqori o‘yin madaniyatiga ega futbolchi. Texnikasi mukammal va psixologik tomondan barqaror. Shaxsiy mahoratini chiroyli tomondan ko‘rsata oladi.

To‘g‘risi, chempionatimizda O‘runovday yaxshi futbolchilar anchadan buyon bo‘lmagan. Uning o‘yinlarini tomosha qilib rohat olaman. Lekin, u o‘z modeliga ega bo‘lgan jiddiy jamoada o‘zini qanday ko‘rsatishini bilmay turibman. Agar improvizatsiya jihatidan baho bersak Oston “Ufa”dagi kabi jiddiy futbolchiga aylanadi. “Spartak”ning o‘yin modeliga kirishib ketishi bu qiyin masala. Chunki u jamoaviy o‘yinlarga moslashish o‘rniga individual harakatlari bilan raqibni ortda qoldirishni yaxshi ko‘radi. U individual jihatdan haqiqatan ham kuchli o‘yinchi
, - dedi Boris Ignatev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya MTJ sobiq ustozi: Chempionatimizda anchadan buyon O‘runovday yaxshi futbolchi bo‘lmagan!