16:45 / 14.08.2020
2 175

Hamid Aktamov: Chempionat terma jamoa o‘yinlari qurboni bo‘lishiga qarshiman

Hamid Aktamov: Chempionat terma jamoa o‘yinlari qurboni bo‘lishiga qarshiman
Xabaringiz bor, OFK terma jamoalarning bu yilgi rasmiy uchrashuvlarini 2021 yilga qoldirdi. Ammo FIFA kunlari saqlanib qoldi. Mavsumning katta qismi karantin tufayli o‘tib ketganini inobatga olsak, FIFA kunlarida ham Superliga uchrashuvlarining o‘tkazilishi qanchalik to‘g‘ri? SPORTS.uz bu borada Superliga klublari bosh murabbiylarining fikrlarini bilishga qiziqdi.

Hamid Aktamov – “Qizilqum” klubi bosh menejeri:
– Terma jamoalarning bu yilga rejalashtirilgan xalqaro o‘yinlari keyingi yilga qoldirilgani va shunga qaramasdan, FIFA kunlarining saqlanib qolingani ko‘p jihatlardan yaxshi bo‘ldi, deb o‘ylayman. Men FIFA kunlarida terma jamoalarning o‘ynashiga qarshi emasman, lekin bu o‘yinlar shundoq ham ancha muddat to‘xtalishlarga uchragan chempionatda yana to‘xtatilish qilishiga qarshiman. Chunki, katta muddat futbolsiz qoldik. Endi buyog‘iga Superliga uchrashuvlarini imkon qadar hech qanday to‘xtalishlarsiz reglament bo‘yicha davom ettirish kerak.

Yana shuni ham alohida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, chempionatdagi barcha jamoalar 48 tadan futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bu har bir klub 3-4 ta tarkibga ega, degani. Shunday ekan, nega terma jamoaga 2-3 ta futbolchisi jalb etilgan klublarning o‘yinlari keyinga qoldirilishi kerak? Sodda qilib aytadigan bo‘lsam, chempionat terma jamoa o‘yinlari qurboni bo‘lishiga qarshiman. Bizga futbol kerak.

Tarkibdagi barcha futbolchi maydonga tushish umidida harakat qiladi, shug‘ullanadi. Yetakchi futbolchilar terma jamoaga jalb etilgan taqdirda, klublar o‘yinlarni qoldirishga harakat qilmasdan, aynan o‘z imkoniyatini kutib yurgan yosh futbolchilarga imkon berishi kerak. O‘ylaymanki, ana shunday yoshlardan kelajakda terma jamoamiz uchun muhim futbolchilar yetishib chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamid Aktamov: Chempionat terma jamoa o‘yinlari qurboni bo‘lishiga qarshiman