
Hamyurtimiz Shahram G‘iyosov AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Mazkur to‘qnashuvda hamyurtimizga nikaragualik Uinston Kampos (31-7-6, 19 KO) raqiblik qildi.
10 raundga mo‘ljallangan jang uchinchi raund so‘nggida o‘z yakuniga yetdi. Chunki, hamyurtimiz raqibining tana qismiga kuchli zarba yo‘llab, jang taqdirini hal qildi va o‘z tituli hisoblanmish, WBA International kamarini himoya qildi.
Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov dastlab meksikalik Fransisko Roxoga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq Roxoda koronavirus aniqlangani bois, 28 yoshli Kamposga qarshi ringga ko‘tarildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar