Foto: DAZN
Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) Toshkent vaqti bilan 16 avgust tongida nikaragualik Uiston Kamposga (31-8-6 , 19 KO) qarshi ringga chiqib, raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi.
Mazkur jangdan so‘ng G‘iyosov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Raqibimning jigar qismiga berilgan zarba kuchini o‘zimda his qildim. O‘sha vaqtda uning o‘rnidan tura olmasligini sezdim. Yaqinlarimdan, vatanimdan uzoqda bo‘lish juda qiyin. Biroq men bu yerda shunchaki shug‘ullanib yurganimcha yo‘q. Chempionlik kamarlarini o‘zimniki qilish uchun bosqichma-bosqich harakat qilmoqdaman. Menejer va promouterim aytadigan bo‘lsa, ertagayoq chempionlik jangida ishtirok etishga tayyorman. Men o‘z imkoniyatimni kutyapman. Ushbu g‘alabani buvijonimga bag‘ishlayman", - deydi Shahram G‘iyosov.
Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov hozirga qadar professional boksda 10 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. Sakkizta jangda esa raqiblarini nokautga uchratgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”