07:30 / 20.08.2020
2 570

YECHL. «Bavariya» «Lion»ni yirik hisobda yengib, finalga chiqdi

YECHL. «Bavariya» «Lion»ni yirik hisobda yengib, finalga chiqdi
Foto: Twitter/ChampionsLeague
Yevropa Chempionlar Ligasida ikkinchi finalchi ham aniq bo‘ldi. Lissabondagi bir uchrashuvdan iborat yarimfinal o‘yinida «Lion»ni 3:0 hisobida yenggan «Bavariya» finalga yo‘l oldi. Birinchi bo‘limda Serj Gnabri tomonidan kiritilgan ikkita va o‘yin yakunida Levandovskiy urgan bitta gol myunxenliklarga g‘alaba keltirdi. «Bavariya» finalda Fransiyaning boshqa jamoasi «PSJ»ga qarshi o‘ynaydi. Final 23 avgust kuni Lissabonda o‘tkaziladi.

YECHL-2019/20
Bitta o‘yindan iborat yarimfinal

Lion – Bavariya 0:3
Gollar:
Gnabri (18, 33), Levandovski (88).
Lion: Antoni Lopesh, Denayer, Marselo, Marsal (Sherki, 73), Dyubua (Tete, 67), Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 46), Kakre, Auar, Korne, Depay (Dembele, 58), Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 67).
Bavariya: Noyer, Boateng (Zyule, 46), Alaba, Kimmix, Alkantara (Tolisso, 82), Devis, Goretska (Pavar, 82), Perishich (Koman, 63), Gnabri (Koutino, 75), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Marselo (35), Marsal (42).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. «Bavariya» «Lion»ni yirik hisobda yengib, finalga chiqdi