
"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘zining bu boradagi ilk fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Gollandiya terma jamoasida ishlash men uchun sharaf edi. Men u yerda so‘nggi 2,5 yilda muvaffaqiyatga erishishga harakat qildim. O‘tgan davr mobaynida erishgan yutuqlarimdan faxrlanaman. Gollandiya terma jamoasining kelajagi porloq, men bunga aminman.
“Barselona” – orzuimdagi klub. Bu jamoani boshqarish men uchun alohida ahamiyatga ega”, - deydi gollandiyalik mutaxassis.
57 yoshli murabbiy "ko‘k-anor ranglilar" bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzoladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar