
“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov jurnalistlarga jamoadagi vaziyat haqida ma’lumot berar ekan, xususan, o‘zbek legioneri Oston O‘runov haqida ham gapirdi.
- Oston O‘runov yosh bo‘lishiga qaramay, mashhur bo‘lib ketdi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi qandaydir suratlari shov-shuv keltirib chiqarmasligi kerak. O‘ylashimcha, keyingi shov-shuv Oston gol urganida yoki samarali pas uzatganida bo‘ladi. Hozir u “Spartak”ni ichidan o‘rganib, bu boshqacha jamoa ekanini anglab bormoqda. Bu jamoaning muxlislari juda ko‘p va ularning nigohi O‘runovga qaratilganini bilib oldi, - dedi "Spartak" bosh direktori.
Oston O‘runov “Ufa”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin qaydnomasiga kiritildi va uchrashuvni zaxira o‘rindig‘idan kuzatdi. Futbolchimizning qaydnomadan joy olishi, uning o‘yinlarga tayyor ekani va keyingi turlarda debyutini nishonlashidan darak beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar