12:01 / 29.08.2020
2 961

Kuman “Oltin butsa”li hujumchini kutmoqda

Kuman “Oltin butsa”li hujumchini kutmoqda
Yakunlangan mavsumda Yevropa chempionatlarida eng ko‘p gol urgani uchun “Oltin butsa”ga loyiq topilgan Chiro Immobile faoliyatini “Barselona”da davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Yangi bosh murabbiy Ronald Kuman italiyalik to‘purar jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishiga ishonch bildirmoqda.

Ayni paytda Chiro “Latsio” bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Faoliyatini Rimda yakunlashni rejalashtirayotgan hujumchi hozir olayotgani – 3 million yevro miqdoridagi maoshni oshirish masalasida kelisha olmayapti.

Shuning uchun ko‘pchilik Immobile kataloniyaliklarning taklifini qabul qilishiga ishonmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuman “Oltin butsa”li hujumchini kutmoqda