
Yakunlangan mavsumda Yevropa chempionatlarida eng ko‘p gol urgani uchun “Oltin butsa”ga loyiq topilgan Chiro Immobile faoliyatini “Barselona”da davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Yangi bosh murabbiy Ronald Kuman italiyalik to‘purar jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishiga ishonch bildirmoqda.
Ayni paytda Chiro “Latsio” bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Faoliyatini Rimda yakunlashni rejalashtirayotgan hujumchi hozir olayotgani – 3 million yevro miqdoridagi maoshni oshirish masalasida kelisha olmayapti.
Shuning uchun ko‘pchilik Immobile kataloniyaliklarning taklifini qabul qilishiga ishonmoqda.
Chiro ImmobileOltin ButsaYevropa ChempionatiBarselona JamoasiRonald KumanLatsio Shartnomasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar