00:08 / 30.08.2020
1 644

Andrey Shipilov: "Yanada ko‘proq ochko ololmaganimizda mening ham aybim bor, qayerdadir yaxshi ishlamadim"

Andrey Shipilov: "Yanada ko‘proq ochko ololmaganimizda mening ham aybim bor, qayerdadir yaxshi ishlamadim"
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Mash’al" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Avgust biz uchun yaxshi o‘tdi. To‘rtta o‘yinda maksimal ochko jamg‘arishga harakat qildik. O‘yin haqida, raqibdan agressivlik kutgandik. "Mash’al" yaxshi jamoa, tarkibda ahil kollektiv jamlangan. Bizda ham nomlar bor, klub bor. Bahsga munosib tayyorgarlik ko‘rgandik, raqibni kuchsiz tomonlarini topishni uddasidan chiqdik. Chiroyli gollar urdik, keyin natijadan kelib chiqib harakat qildik. Natijani saqlab qolish uchun o‘ynadik deya olaman.

Ha, o‘yin davomida ritmni almashtirib turdik. Ayrim joyda biroz tezlik qo‘shdik, ayrim joyda o‘yin ritmini o‘zgartirdik. Barchasi reja asosida kechdi. Ikkinchi restartdan qoniqmadim. Rejalarimiz boshqacha edi, yanada ko‘proq ochko olishni maqsad qilgandik. Bunda mening ham aybim bor, qayerdadir yaxshi ishlamadim
", - deydi Shipilov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov: "Yanada ko‘proq ochko ololmaganimizda mening ham aybim bor, qayerdadir yaxshi ishlamadim"