
Uch haftalik tanaffusdan so‘ng, Belarus chempionatining 23-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Oliy liga peshqadami – “Shaxtyor” bugun o‘z maydonida “Vitebsk” futbolchilarini qabul qiladi.
Ushbu bellashuvga soligorsklik futbolchilarni yangi bosh murabbiy – ukrainalik Roman Grigorchuk tayyorlagan.
O‘zbekistonlik futbol muxlislari bo‘lajak bahsda Jasur Yaxshiboyevdan gol kutadi. Ayni paytda hamyurtimiz jami 12 ta gol bilan to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda.
Sermahsul o‘yin namoyish qilayotgan hamyurtimiz xorijlik mutaxassislar e’tiboriga tushganini alohida ta’kidlash lozim. Xususan, Kiyevning “Dinamo” jamoasi Jasur Yaxshiboyevni kelasi yili yozda transfer qilishni rejalashtirmoqda. Kiyevlar ungacha o‘zbek legionerining o‘yinini sinchkovlik bilan kuzatib boradi.
“Shaxtyor” – “Vitebsk” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar