18:15 / 13.09.2020
2 666

"Al Hilol" - "Paxtakor". Shota Arveladze va Yegor Krimes ishtrokidagi o‘yinoldi matbuot anjumani

"Al Hilol" - "Paxtakor". Shota Arveladze va Yegor Krimes ishtrokidagi o‘yinoldi matbuot anjumani
Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Al Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida "sherlar" ustozi va sardori ishtirok etishdi.
"Biz raqibni juda yaxshi bilamiz. Ularning qanday kuchga ega ekanligini ham bilamiz. O‘tgan yil ham Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etganmiz. Bu yil ham o‘z rejamiz asosida ishlab kelayapmiz", - deb gap boshladi Shota Arveladze.

"Murabbiyning fikriga qo‘shilaman, bu dunyo uchun juda qiyin davr bo‘ldi. O‘ylashimcha, buni biroz bo‘lsa ham yenga oldik. Futbolga kelsak biz bu bahsni anchadan buyon kutayotgandik. Osiyo chempionlar ligasi qayta boshlanishini sabrsizlik bilan kutdik. O‘zbekiston chempionatidagi o‘yinlar orqali bo‘lajak bahslarga tayyorlandik. Menimcha ertaga juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi", - deydi Yegor Krimes.

- "Al Hilol" safida 5 nafar futbolchidan koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu ertangi o‘yinga qanchalik ta’sir qiladi deb o‘ylaysiz? Jamoaingizda barcha sog‘-salomatmi?
- Avvalambor barchaga sog‘lik tilayman. Hech kim kasal bo‘lmasligini xohlayman. Biz juda ham jiddiy vaziyatda turibmiz. Barchamiz futbol o‘ynaymiz. Yaxshi o‘yin namoyish etish uchun esa barcha sog‘lom bo‘lishi kerak. Shu bois barchaga sog‘lik tilayman. Kasal bo‘lganlar haqida bir gap ayta olmayman. Faqat ularning tezroq tuzalishlarini tilab qolaman.

- O‘zbekiston chempionatining oxirgi turlarini qisqa muddatda o‘tkazdinglar. Tig‘iz taqvim OCHLdagi ishtirokingizga qanday ta’sir qiladi o‘ylaysiz?
- Har uch kunda o‘yin o‘tkazganimiz qanday ta’sir qilishini o‘yinlar orqali ko‘ramiz. Yevropada bu taqvim odatiyga aylangan. To‘g‘ri, biz uchun noodatiy holat bo‘ldi, ammo ertaga maydonga tushib o‘ynashimiz kerak, uyog‘ini ko‘ramiz.

- Osiyo chempionlar ligasi markazlashgan tartibda o‘tmoqda. Bu jamoaingizga ustunlik beradimi?
- Bu aynan bir jamoaga ustunlik beradi deb o‘ylamayman. Faqat meni qiziqtirayotgan bir narsa har uch kunda o‘yinlarda qanday harakat qila olishimizda. Boshqa jamoalar ham bunga qanchalik tayyor ekanligi qiziq. Markazlashgan musobaqada barcha teng holatda bo‘ladi. Bu kimgadir yaqqol ustunlik beradi deb o‘ylamayman.

- "Al Hilol"ning hujumi juda ham kuchli. Raqib murabbiyi O‘zbekiston ligasi Saudiya Arabistoni ligasidan ancha kuchsiz deb aytdi. "Paxtakor" ertaga "Al Hilol" hujumlarni qaytarishga qanchalik tayyor?
Yegor Krimes: - O‘ylashimcha biz yaxshi tayyorlandik. "Al Hilol"ning ko‘plab o‘yinlarini ko‘rdik. Ligalar borasida menimcha Saudiya Arabistoni bizdan qaysidir jihatlari bilan ustun bo‘lishi mumkin, ammo barcha jabhada ustun emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al Hilol" - "Paxtakor". Shota Arveladze va Yegor Krimes ishtrokidagi o‘yinoldi matbuot anjumani