date

Luis Enrike: “Neymar “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda Messidan penalti tepishni so‘ragan bo‘lsa kerak”

Luis Enrike: “Neymar “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda Messidan penalti tepishni so‘ragan bo‘lsa kerak”

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike kechagi Ispaniya Kubogi ½ finali “Vilyarreal”ga (3:1) o‘yinda hujumchi Neymarning penaltini tepishga qaror qilgani haqida gapirib o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklar 11-jarima to‘pini tepish huquqiga ega bo‘ldilar, ammo braziliyalik Serxio Asenxo darvozasiga gol ura olmadi.

“Bizning asosiy penalti tepuvchi o‘yinchimiz Messi hisoblanadi, ikkinchi esa – Neymar. O‘yinchilar o‘zlari qaror qabul qiladilar.

Neymar zarba berishni Messidan so‘radi deb o‘ylayman. Men o‘yinchi bo‘lganman va ishoncha saqlash qanchalik muhim ekanligini bilaman. Bundan tashqari, o‘zingiz ham bilasiz, bizning asosiy penaltini amalga oshiruvchi o‘yinchimiz Messi hisoblanadi”, – deb sports.ru Enrike so‘zlaridan keltiradi.

Manba: www.stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: “Neymar “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda Messidan penalti tepishni so‘ragan bo‘lsa kerak”