10:00 / 27.09.2020
2 004

"Istiqlol" murabbiyi: "Bir vaziyatda hakam yaqqol penaltini bermadi"

"Istiqlol" murabbiyi: "Bir vaziyatda hakam yaqqol penaltini bermadi"
Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Istiqlol" bahsidan so‘ng matbuot anjumani tashkil etildi.
Bunda dastlab tehronliklar ustozi Majid Namju Motlag ishtirok etib quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Avvalo hammaga salom. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, bugun maydonda ko‘proq jismoniy kurash guvohi bo‘ldik. Jangovor kurash kechdi deb ayta olaman. Ha, bizda yo‘qotishlar bor edi, jarohat olgan o‘yinchilarimiz bor edi, lekin bu mag‘lubiyatga uchraganimiz uchun bahona bo‘la olmaydi.

- Hammasini maydondagi kurash va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq hal qildi. O‘yin oxirlariga kelib jamoam toliqib qoldi, ko‘p futbolchilar o‘zlari xohlagandek yugura olishmadi. Lekin shunga qaramay jamoa harakatidan xafa emasman va maydonga tushgan barchaga rahmat aytaman.

- Shu o‘rinda uchrashuv hakamiga e’tirozim bor, chunki bir vaziyatda bizning foydamizga yaqqol penaltini bermadi. Bu o‘rinda hakam xato qilganini hamma ko‘rdi, lekin hakam baribir qaror chiqaruvchi, biz esa maydon chetida turib hech narsa qila olmaymiz.

- Agar o‘sha vaziyatda penalti belgilanganida vaziyatni o‘nglab, balki keyingi bosqichga yo‘l olishimiz mumkin edi. Biz ham chorak finalga haqli edik, lekin raqib vazifani ajoyib tarzda uddaladi. Shu o‘rinda "Paxtakor"ni ushbu g‘alaba bilan tabriklab qolaman.

- "Istiqlol"ning 21-raqamdagi futbolchisi Vorya Gafuri bugun maydonga tushmadi. Bu nima bilan bog‘liq?
- 21-raqamdagi o‘yinchimiz jamoaning eng asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Gafuri juda kuchli futbolchi. Lekin u oyoq paylarini tortib olgani bois bellashuvda ishtirok eta olmadi. Aytib o‘tganimdek, safimizda boshqa jarohatlanganlar ham bor edi. Oxirgi ikkita bahs biz uchun juda qiyin o‘tdi va ko‘p o‘yinchilarda toliqish sezildi. Nailoj qisqa vaqt ichida o‘yin o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Bunday o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun kuchli futbolchilar kerak bo‘ladi. Qolaversa, biz bu yerga Eron chempionatini yakunlab tashrif buyurdik va charchoq ko‘rindi.

- O‘yin oxirlarida vaziyat yoki boshqacha aytganda diqqatni bir joyga jamlash jamoangiz tomonidan boy berildi deb o‘ylaysizmi?
- Futbolda yutish uchun so‘nggi soniyalarga qadar kurashish kerakligini hammamiz bilamiz. Men diqqatni bir joyga jamlay olmadik demagan bo‘lardim. Chunki hisobda ortda borib ham qulay vaziyatlarga ega bo‘ldik. Masalan, jamoamiz hujumchisi Sheik Diabatening juda qulay imkoniyatdan gol ura olmaganini olaylik. O‘shanda to‘p kiritganida hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Lekin ko‘rdingiz, uning ham charchab qolgani ko‘rindi. Bahs oxirlarida bizga yangi energiya kerak edi, biroq zaxiradan tushgan kuchlar ham vaziyatni o‘zgartira olishmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Istiqlol" murabbiyi: "Bir vaziyatda hakam yaqqol penaltini bermadi"