
Foto: Twitter/@rostovfc
«Rostov»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluiji Longarining yozishicha, 25 yoshli futbolchi «Jenoa»ga o‘tishga yaqin turibdi. Ta’kidlanishicha, klublar muzokaralarni ijobiy hal etish arafasida. Kelishuv taxminan, 8 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Eldor Don klubi safida 2017 yildan beri to‘p tepib keladi. Shu vaqt mobaynida u 91 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Rostov» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar