23:43 / 09.10.2020
5 826

Shomurodov transferidan norozi muxlislar nufuzli gazetaga arz qildi

Shomurodov transferidan norozi muxlislar nufuzli gazetaga arz qildi
Rossiya premer-ligasining eng kuchli hujumchilaridan hisoblangan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tgani hamon muxlisu mutaxassislar orasida keng muhokama qilinmoqda.

Ayniqsa, “Rostov” jamoasining ayrim ashaddiy muxlislari klub rahbariyati asosiy hujumchi Eldor Shomurodovni “Jenoa”ga transfer qilinganidan norozi bo‘lmoqda. Xususan, S.Mixaylenko degan rostovlik fuqaroo, muxlislar nomidan Rossiyaning eng mashhur “Argumenti i fakti” nashriga murojaat qilib, bu transfer bo‘yicha izoh so‘ragan.

Nega “Rostov” Eldor Shomurodovni transfer qildi, jamoamiz yaxshi o‘ynay olmayotgan bir paytda yetakchi futbolchini qo‘yib yuborish g‘alati emasmi?”, - degan savolni o‘rtaga qo‘ydi.

“AiF” rahbariyati klub bilan bog‘lanib, bu savolga quyidagicha javob berdi:
Haqiqatan “Rostov” futbol klubi Genuyaning “Jenoa” jamoasi taklifini qabul qilib, 25 yoshli hujumchi Eldor Shomurodov Italiyaga qo‘yib yubordi. Transfer summasi bonuslar bilan 9 million yevroni tashkil qildi. Rostovliklar hujumchining keyingi transferidan yana 15 foiz ulush oladi.

Shomurodovning transferini amalga oshirishda moliyaviy manfaatdan tashqari, hujumchining maqsadi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Eldorning o‘zi bir necha marotaba Yevropaning kuchli chempionatlariga o‘tish istagini bildirgan edi. “Jenoa” esa, Italiyaning eng qadimgi va nomdor klublaridan biri
”.

Eldor Shomurodov “Jenoa” bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Uning yillik maoshi 1 million yevro bo‘lishi aytilmoqda. O‘zbekistonlik hujumchi A Seriya jamoasida hali hech kim olmagan 61-raqamda to‘p tepadigan bo‘ldi.

Shomurodov yangi jamoasida 3 oktabr kuni debyut qilishi kutilgan edi. Lekin “Torino”ga qarshi o‘yin oldidan jamoa asosiy tarkib o‘yinchilari orasida koronavirus tarqalgani uchun bu uchrashuv 4 noyabrga ko‘chirildi. “Jenoa”ning 17 nafar futbolchisida infeksiya aniqlandi va barcha mashg‘ulotlar ham qoldirildi.

Vaziyatdan unumli foydalanish maqsadida Eldor Shomurodov Toshkentga kelib, O‘zbekiston milliy terma jamoasining yig‘iniga qo‘shildi. Eron terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida hujumchimiz mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Eldor uchun mamlakatimiz bosh jamoasi tarkibidagi 44-uchrashuvdagi 21-gol sifatida qayd etildi.

Eldor Shomurodov 12 oktabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan safarda bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok eta olmaydi. U Italiyaga jo‘nab ketadi va e’tiborini "Jenoa" bilan tayyorgarlikka qaratadi. Biz esa, Shomurodov to‘purarlik mahoratini olis Italiyada ham davom ettirishiga ishonamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov transferidan norozi muxlislar nufuzli gazetaga arz qildi