07:00 / 24.10.2020
2 650

“Spartak” O‘runovning yordamiga umid qilyapti

“Spartak” O‘runovning yordamiga umid qilyapti
Bu yil chempionlik uchun kurashayotgan “Spartak” jamoasini Rossiya premer-ligasining 12-turida qiyin o‘yin kutib turibdi. Moskvaliklar navbatdagi uchrashuvda o‘z maydonida har qanday raqibni mag‘lub etishga qodir bo‘lgan “Krasnodar” mehmoni bo‘ladi.

“Spartak” kuni kecha Rossiya kubogi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvida quyi liga vakili “Yenisey”ga yutqazib qo‘ygandi. Moskvaliklar asosiy tarkibida jarohatlanganlar ko‘pligi uchun kubok o‘yinida asosan yosh futbolchilar o‘ynadi.

“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov krasnodarliklarga qarshi muhim o‘yin oldidan lazaretdagi futbolchilar safga qaytib, jamoaga yordam berishiga ishonayotganini aytdi.

- Bir necha futbolchilar safdan chiqqandi. Bo‘lajak o‘yinda Oston O‘runov, Esekiyel Ponse, Samyuel Jigo va Georgiy Jikiya bizga yordam berishiga umid qilyapmiz, - dedi Shamil Gazizov.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida jarohat olgan edi. Shu bois, yarim himoyachimiz bosh jamoa tarkibida Eron va Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnasha olmadi. Shuningdek, “Spartak”ning ham ikkita o‘yinini o‘tkazib yubordi.

“Krasnodar” – “Spartak” uchrashuvi 24 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Spartak” O‘runovning yordamiga umid qilyapti