00:14 / 25.10.2020
4 008

Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga mag‘lub bo‘ldi

Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga mag‘lub bo‘ldi
Foto: Getty Images
Italiya A Seriyasi 5-turi doirasidagi e’tiborli uchrashuvlardan biri «Jenoa» va «Inter» o‘rtasida kechdi.
Genuyada o‘tgan uchrashuvda Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlamadi. Birinchi bo‘lim tengkurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 64-daqiqasida milanliklar goleadori Romelu Lukaku hisobni ochdi – 0:1.

Lukakuning golidan bir daqiqa o‘tib, «Jenoa» bosh murabbiyi 65-daqiqada Pyatsa o‘rniga Eldor Shomurodovni maydonga tushirdi.

Shunga qaramay, maydonda ustunlik qilgan Antonio Konte jamoasi 79-daqiqada D`Ambrozioning goli evaziga farqni ikkitaga oshirdi – 0:2.
Ushbu g‘alabadan keyin «Inter» 10 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, Shomurodov to‘p surayotgan «Jenoa» 4 ochko bilan 15-o‘ringa tushdi.

A Seriya. 5-tur
Jenoa – Inter 0:2
Gollar:
0:1 – 64 Lukaku, 0:2 – 79 D`Ambrozio.
Jenoa – Perin, Gilone, Goldaniga, Sapata, Chiborra (Pellegrini, 46), Badel (Zays, 61), Bexrami (Radovanovich, 61), Pyatsa (Eldor Shomurodov, 65), Rovella, Bani, Pandev.
Inter – Handanovich, D`Ambrozio, Ranokkiya, Bastoni, Darmian, Vidal, Perishich (Hakimi, 58), Brozovich, Eriksen (Barella, 58), Martines (Pinamonti, 72), Lukaku.
Ogohlantirish: Martines (40).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga mag‘lub bo‘ldi