Foto: EPA
Professional boksning superog‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri (31-0-1, 21 KO) o‘zining navbatdagi jangini 5 dekabr kuni o‘tkazadi. Jang Londonda o‘tkaziladi. Bu haqida bokschining o‘zi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
«Katta e’lon: Lo‘lilar qiroli Birlashgan Qirollikka qaytmoqda. London, 5 dekabr. Raqib nomini biroz keyinroq e’lon qilamiz. Hammasidan ham yaxshiroq qila oladigan ishimni qilish uchun ringga qaytishni sabrsizlik bilan kutyapman», — deya yozdi Tayson Fyuri.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fyuriga kanadalik Saymon Kin (19-1, 18 KO) raqiblik qilishi kutilmoqda. Avvalroq Fyuri Deontey Uaylderga qarshi uchinchi jangdan voz kechgandi.
Taysonning promouteri Bob Arum Fyuri va Uaylder ishtirokidagi jangni dekabr oyida o‘tkazishning iloji yo‘qligini, Fyuri bu oyda jang qilishni istasa boshqa raqib topish zarurligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi