3 134
«Tez orada yana cho‘qqiga qaytamiz». Habib Nurmagomedovning kelajakdagi rejalari ma’lum bo‘ldi
Foto: Instagram
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining faoliyatini yakunlashi haqidagi qaroriga o‘z munosabatini bildirdi.
«Barcha davrlarning buyuk jangchisi bilan xayrlashamiz va buyuk murabbiyni qarshi olamiz. U yangi chempionlarni tarbiyalash uchun menga qo‘shildi», — deya yozadi Mendes o‘z Instagram sahifasida.
O‘z navbatida Habib murabbiyning bu gaplariga javob qaytardi. «Bizda yosh avlod o‘sib kelmoqda. Tez orada yana cho‘qqiga qaytamiz. Senga yordam berishni istaymanmi? Men senga yordam beraman. Necha yildan beri senga yordam berib kelaman, murabbiy», — deya javob qildi Habib.
24 oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgan UFC 254 asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi