“Andijon” – “Qizilqum” bellashuvidan keyingi matbuot anjumanida qatnashgan mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi:
- Bugun qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoaga ham g‘alaba zarur edi. Shu sababli olti ochkolik o‘yin bo‘ldi. Ko‘proq bizning jamoa hujum qildi va tashabbusga ega bo‘ldi. “Andijon” esa himoyada tartibli o‘ynadi. Ular oxirigacha gol o‘tkazmaslikka harakat qildi. Oxirgi nuqtani qo‘ya olmayapmiz. Gol urishga qiynalyapmiz. “Andijon” ham qiyin vaziyatda bo‘lgani uchun ularga ham uch ochko suv va havodek muhim edi. Futbol shunisi bilan qiziq.
- “Qizilqum” 19 ochko bilan “Buxoro”, “Andijon” va “Surxon”dan ancha uzoqlashdi. Bu esa jamoani bo‘shashtirib qo‘ymayaptimi?
- Xotirjamlikka berilganimiz yo‘q. Qolgan uchrashuvlarda ham maksimal natijaga erishishga harakat qilamiz. Gol urishga shoshilyapmiz, ammo gol ura olmayapmiz. Bitta kamchiligimiz shu.
- “Qizilqum” bir ochkoni qo‘lga kiritdimi yoki ikki ochkoni yo‘qotdimi?
- Menimcha, ikki ochkoni yo‘qotdik.
- Oxirgi to‘rtta turning markazlashgan holda o‘tishi mumkinligi bu sizga qo‘l keladimi yoki...
- Har doim rahbariyat nimani lozim topsa, shuni qo‘llab-quvvatlaymiz. Qayerda bo‘lsa ham biz O‘zbekistonda o‘ynaymiz. Kim qanday taklif kiritsa, biz ham shuning tarafdorimiz.
- Birinchi bo‘limdan keyin Sherali Jo‘rayevning almashtirilishi nima bilan bog‘liq?
- Uning maydondan chiqib ketgani o‘yinimizga ancha ta’sirini ko‘rsatdi. Jarohat olgandi, shu bois almashtirishga majbur bo‘ldik.
- Sizni ko‘pincha futbol menejeri sifatida nom qozongan Samvel Babayanga qiyoslashadi...
- Meni Babayanga emas, balki uni menga qiyoslanglar. Men doim o‘z ishimni qilyapman, professionalmiz. Birovga taqlid qilib ishlamayman. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi