
“Real”ni chempion qilganiga qaramay, Zinedin Zidanning kursisi qimirlab qoldi. Klub rahbariyati jamoadagi ichki muhit, xalqaro maydondagi natijalar va o‘yin sifati bo‘yicha e’tiroz qilmoqda.
Zidan Madridni tark etgan taqdirda ham uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan bo‘ldi. O‘z navbatida, Tomas Tuxelning murabbiyligidan qoniqmayotgan PSJ rahbariyati fransiyalik mutaxassisni olib kelishga qaror qildi. Parijliklar Zidanning o‘zi bilan norasmiy og‘zaki muzokaralarni boshladi.
Ta’kidlash joizki, Zidan o‘yinchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin murabbiy ishi faqat “Real” bilan bog‘liq bo‘lgan. 2013 yilda u jamoada Karlo Anchelottiga assistentlik qildi. Keyin “Qirollik klubi”ning ikkinchi tarkibini shug‘ullantirdi. 2016 yilda Zinedin Zidanga Rafael Benitesdan qolgan asosiy jamoani topshirishdi va u ikki yil bosh murabbiy bo‘ldi.
Keyin jamoani tark etgan Zidanni o‘tgan yili yana bosh murabbiylikka taklif etishdi.
Adolat yuzasidan aytish joizki, Zidan boshqaruvida “Real”ning natijalari samarali bo‘ldi. Madridliklar Chempionlar ligasida uch marotaba g‘olib chiqdi. Ikki marta La Ligada birinchi o‘rinni egalladi. Umumiy hisobda 11 ta sovrin qo‘lga kiritildi.
Zinedin ZidanReal MadridChempionlar LigasiLa LigaTomas TuxelO‘yin sifati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar