Foto: UFC
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratgandan keyin faoliyatini tugatmaganida 30-jangi uchun bundan ham ko‘proq pul olgan bo‘lishini aytdi.
Qayd etish o‘rinli, Habib Getji bilan jang uchun olgan gonorari 3 million dollarni tashkil etdi.
- "Kimdir jang qilishda davom etishimni xohlayotgan bo‘lsa, boshqasi qarorimni qo‘llab-quvvatladi. Deyna Uayt (UFC prezidenti) yana jang qilishimni istaydi, chunki bu daromad keltiradi. Agar faoliyatimni yakunlamaganimda, keyingi janglarim juda qimmat bo‘lardi. Ammo qaror qildim va uni o‘zgartirmayman, chunki bu ketish uchun eng yaxshi vaqt deb o‘ylayman.
Hamma ham eng yuqori cho‘qqidaligida ketolmaydi. Bunday narsa deyarli yo‘q edi. Ammo men buni ertami-kechmi qilishim kerakligini bilardim. Ushbu sport turida eng zo‘r deb hisoblanishim uchun yetarli darajada ishladim.
UFC meni vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi jangchilar reytingida birinchi o‘ringa qo‘ydi. Missiya bajarildi", - dedi Habib Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgan UFC 254 asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi