18:45 / 31.10.2020
2 477

Habib Nurmagomedov: Getjiga qarshi jang oldidan meni tashvishga solgan mas’uliyat yuki juda og‘ir edi

Habib Nurmagomedov: Getjiga qarshi jang oldidan meni tashvishga solgan mas’uliyat yuki juda og‘ir edi
Foto: UFC
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov nima sababdan Jastin Getjiga qarshi jangdan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qilganiga izoh berdi.

- "Otam vafot etganidan so‘ng darhol jang qilishni taklif qilishdi, men bir qarorga kelishim kerak edi: yoki faoliyatimni yakunlashim yoki jang o‘tkazib, shundan keyinga ketishim kerak edi. Ba’zi yaqinlarim faoliyatimni tugatganimdan norozi, lekin men ularga yana o‘nta jang o‘tkazgan taqdirimda ham baribir qachondir ketish vaqti yetishini aytdim. 32, 34 yoki 35 yoshda.

Bu men uchun juda qiyin qaror edi, chunki butun hayotim davomida qilgan ishimni qoldirishim qiyin vazifa. Odamlar buni tushunmaydi, lekin nimadir qilishga va oldinga harakatlanishda davom etamiz.

Bilaman nafaqat Dog‘istonda, balki Rossiya va butun dunyo bo‘ylab juda ko‘p muxlislarim bor. Jang oldidan meni tashvishga solgan mas’uliyat yuki juda og‘ir edi, chunki og‘ir jarohatlarim bor edi, besh kun davomida reanimatsiyada yotdim
", - deydi Habib Nurmagomedov.

24 oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgan UFC 254 asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov: Getjiga qarshi jang oldidan meni tashvishga solgan mas’uliyat yuki juda og‘ir edi