Foto: Getty Images
Forbes jurnali dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari (21 yoshdan katta bo‘lmagan) reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe ro‘yxatni boshqarib bormoqda. 21 yoshli forvard 183,3 million yevroga baholangan. Qiymat Transfermarkt, CIES va amalga oshirilgan transfer kelishuvlari asosida belgilangan.
Ikkinchi o‘rindan «Atletiko» hujumchisi Joau Feliks (104 million yevro) o‘rin olgan bo‘lsa, «Chelsi» yarim himoyachisi Kay Havers (98 mln yevro) kuchli uchlikka kirgan.
Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari top-10 ligi:
1. Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya) — 183,3 million yevro;
2. Joau Feliks («Atletiko», Portugaliya) — 104 mln yevro;
3. Kay Havers («Chelsi», Germaniya) — 98 mln yevro;
4. Alfonso Devis («Bavariya», Kanada) — 88,3 mln yevro;
5. Matteys de Ligt («Yuventus», Niderlandiya) — 86,8 mln yevro;
6. Jeydon Sancho («Borussiya D», Angliya) — 86,8 mln yevro;
7. Erling Holand («Borussiya D», Norvegiya) — 68,3 mln yevro;
8. Ashraf Hakimi («Inter», Marokash) — 66,3 mln yevro;
9. Viktor Osimhen («Napoli», Nigeriya) — 63 mln yevro;
10. Ferran Torres («Manchester Siti», Ispaniya) — 57,7 mln yevro. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi