19:53 / 31.10.2020
2 217

Belarus. Yaxshiboyev xet-trik qayd etdi, "Shaxtyor" BATEni quvishda davom etadi

Belarus. Yaxshiboyev xet-trik qayd etdi, "Shaxtyor" BATEni quvishda davom etadi
Hozirgina Belarus Oliy ligasi 25-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev faoliyat olib boradigan "Shaxtyor" jamoasi safarda "Belshina"ga qarshi bahs olib bordi va 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Yaxshiboyev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va raqib darvozasiga 3 ta to‘p kiritishga erishdi. Bugungi g‘alaba natijasida soligorskliklar hisobidagi ochkolar soni 52 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida peshqadam BATEdan 1 ochko kam jamg‘argani bois, 2-o‘rinda bormoqda.

Oliy liga. 25-tur (qoldirilgan o‘yin)

"Belshina" - "Shaxtyor Soligorsk" 1:5
Gollar:
Yaxshiboyev (58, 63, 81), Szoke (75, Yaxshiboyev), Gendish (86), Levitskiy (90+2).

"Belshina": Xaritonovich, Kovalevskiy, Kirisov, Kuchinskiy (Yasyukevich, 79), Odeoibo, Sazonovich, Glebko, Rekish, Salimov, Solanovich (Levitskiy, 67), Kovel (Butakov, 85).

"Shaxtyor": Gutor, Begunov (Burko, 87), Antich, Xadarkevich, Szoke, Selyava, Kendish, Podstrelov, Yaxshiboyev (Bodul, 85), Kabananga (Arxipov, 79), Santos.

Ogohlantirish: Kovalevskiy (23), Santos (48), Glebko (67).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Belarus. Yaxshiboyev xet-trik qayd etdi, "Shaxtyor" BATEni quvishda davom etadi