Belarus chempionatining navbatdagi uchrashuvida “Shaxtyor”ning o‘zbekistonlik legioneri Jasur Yaxshiboyev “Belgina” darvozasiga uchta gol urib, jamoasining 5:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. “Shaxtyor” bosh murabbiyi Roman Grigorchuk ushbu uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Hozir biz uchun eng asosiy narsa bu g‘alaba. Hozirgi sharoitimizdan kelib chiqib, ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Yirik hisobdagi g‘alabaga qaramay, kuchaytirishimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Gol o‘tkazganimiz yoqmadi. Shogirdlarim g‘alaba qozonayotgan paytda bo‘shashishini yoqtirmayman. Jamoa oxirigacha ayovsiz o‘ynashi kerak.
Qolaversa, birinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘xshamadi. Hujumchilarimiz raqib darvozasi oldida yetarli darajada bosim uyushtira olmadi. Yaxshiboyev o‘yinning ikkinchi yarmida uchta gol urdi. Bu hujumchi uchun yaxshi ko‘rsatkich. Lekin Jasur hali ko‘p mehnat qilishi kerak. Chunki u hali ham o‘z salohiyatini ishga solgani yo‘q, - dedi Roman Grigorchuk.
“Shaxtyor” keyingi turda o‘z maydonida musobaqa peshqadami BATEni qabul qiladi. Uchrashuv 7 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi