15:30 / 02.11.2020
2 737

"Mash’al" va "Bunyodkor" Eldor Shomurodov transferidan qancha ishlab olishi kerak?

"Mash’al" va "Bunyodkor" Eldor Shomurodov transferidan qancha ishlab olishi kerak?
"Rossiya nashrlarining qayd etishicha, Eldor Shomurodovning transferi "Jenoa" uchun 7,5 million yevroga tushgan. Futbolchini tarbiyalashda ishtirok etgan klublar birdamlik mexanizmiga ko‘ra, mazkur summaning 5 foizini tegishli tartibda "Jenoa"dan olishi lozim. Bunda futbolchining 12 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan davrida shug‘ullangan klublariga pul to‘lab beriladi.

Eldor 2007 yil 12 yoshga qadam qo‘ygan hamda 2014 yilga qadar "Mash’al" sharafini himoya qilgan. Demak, Mash’al umumiy hisobda 225 000 yevroga ega chiqishi kerak.

"Bunyodkor" klubi esa 2015-2017 yillardagi holati uchun Jenoadan 112 500 yevro pul olishga haqli. Birdamlik mexanizmidan qoladigan yana 37 500 ga "Rostov"ning o‘zi ega chiqadi.

Izoh: Bunda "Jenoa" 7,5 million yevroni "Rostov"ga birdaniga tashlab beradimi yoki qismlarga bo‘libmi, mana shu jihatni ham inobatga olish kerak. Bunda olinadigan summa o‘zgarmaydi, faqatgina uning qay tartibda olinishi belgilanadi", - deb yoziladi telegram kanalda.

Manba: Diyor Imomxo‘jayev telegram kanali

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Mash’al" va "Bunyodkor" Eldor Shomurodov transferidan qancha ishlab olishi kerak?