16:00 / 06.11.2020
3 345

Odil Ahmedov: «Navbahor» jamoasining yetakchi mavqega qaytishi uchun bor tajribamni sarflashga tayyorman

Odil Ahmedov: «Navbahor» jamoasining yetakchi mavqega qaytishi uchun bor tajribamni sarflashga tayyorman
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Abdurazzaqov 6 noyabr, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovni qabul qildi.

Muloqot avvalida viloyat rahbari Odil Ahmedovga otasi Olimjon Ahmedovning bevaqt vafoti munosabati bilan yana bir bor hamdardlik bildirgan.

Suhbat davomida Namanganda futbol, xususan, bolalar futbolini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashilib, «Navbahor» futbol klubining yangi strategiyasi muhokama qilingan.

«Asosiy e’tibor mahoratli yoshlarga qaratiladi. Biz namanganlik iqtidorli, yosh futbolchilarni qo‘llab-quvvatlaymiz, investitsiyani mahalliy futbolchilarni yetishtirib chiqarish uchun yo‘naltiramiz», — deya ta’kidlab o‘tgan viloyat hokimi.

Odil Ahmedov muloqot chog‘ida Namanganda futbol rivoji, «Navbahor» jamoasining yetakchi mavqega qaytishi uchun bor kuch-g‘ayrati va tajribasini sarflashga tayyor ekanligini bildirgan.

Avvalroq Odil Ahmedov faoliyatini «Navbahor» jamoasida tugatish niyatida ekani ma’lum qilgandi. Eslatib o‘tamiz, Ahmedov ayni damda Xitoyning «Tyanszin Teda» klubida ijara asosida harakat qilmoqda. Ijara shartnomasi 2020 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. Uning transfer huquqi esa Xitoyning boshqa bir klubi «Shanxay SIPG»ga tegishli.

Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov faoliyati mobaynida «Paxtakor» (2006—2011), «Anji» (2011—2014) va «Krasnodar» (2014—2016) kabi jamoalarda harakat qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov: «Navbahor» jamoasining yetakchi mavqega qaytishi uchun bor tajribamni sarflashga tayyorman