Habib Nurmagomedov: «Jastin Getjiga qarshi jangni avvalgilari bilan solishtirib bo‘lmaydi»

Foto: UFC
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasi doirasida o‘tgan Jastin Getjiga qarshi jangda qanday hissiyotlarni boshdan kechirganini aytdi.
- "Getjiga qarshi jangni boshqalari bilan solishtirib bo‘lmas edi. Bu jang boshqacha edi. Hissiyotlar boshqacha. Emotsiyalar mutlaqo o‘zgacha. Otamsiz hammasi butkul boshqacha edi", - deydi Habib Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgan musobaqa asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
Habib professional MMA’da 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. Ayni vaqtda Habib UFC umumiy reytingida ham yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasi doirasida o‘tgan Jastin Getjiga qarshi jangda qanday hissiyotlarni boshdan kechirganini aytdi.
- "Getjiga qarshi jangni boshqalari bilan solishtirib bo‘lmas edi. Bu jang boshqacha edi. Hissiyotlar boshqacha. Emotsiyalar mutlaqo o‘zgacha. Otamsiz hammasi butkul boshqacha edi", - deydi Habib Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgan musobaqa asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
Habib professional MMA’da 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. Ayni vaqtda Habib UFC umumiy reytingida ham yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…