
Foto: O‘FA
Janubiy Koreyaning «Kvanju» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov terma jamoaning noyabr oyidagi o‘yinlari oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Kayfiyatim yaxshi, jamoadoshlarim bilan ko‘rishgandan keyin undan ham yaxshilandi. Jismoniy holatimni zo‘r deya olmayman. Sababi oktabr oyidagi yig‘indan so‘ng Janubiy Koreyaga qaytmadim va shu yerda shug‘ullandim. «Bunyodkor» va «Qo‘qon-1912» klublari mashg‘ulotlarida qatnashdim. O‘yinlarga qadar jismoniy holatimni yaxshilab olishga harakat qilaman.
To‘g‘ri, arab jamoalari bilan o‘ynash qiyin, biroq O‘zbekiston terma jamoasi har qanday raqib bilan o‘ynay oladi. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatsak, muammo bo‘lmaydi deb o‘ylayman.
«Kvanju»ning mavsumdagi natijalaridan qoniqdim desam ham bo‘ladi. Chempionatni 6-o‘rinda yakunladik, avvallari bizning jamoa bu pog‘onaga qadar yetib kelolmagan. Murabbiylar shtabi va jamoa a’zolarining kayfiyati a’lo. Bu yig‘indan keyin Toshkentda qolaman. Biroz dam olgandan keyin klub bilan keyingi mavsum tayyorgarligini boshlayman", - deydi «Kvanju» himoyachisi Rustam Ashurmatov.
O‘zbekiston terma jamoasi mazkur yig‘in doirasida Suriya (12 noyabr) va Iroq (17 noyabr) terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar