
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov yana ikki yil Xitoy Superligasida to‘p tepadi. Tajribali yarim himoyachi "Tianjin Teda" klubi bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytiradi. Bu haqda championat.asia sayti xabar berdi.
Ayni paytda Odil Ahmedov O‘zbekistonda bo‘lib turibdi va sport formasini ushlab turish maqsadida "Navbahor" safida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Futbolchi oktabr oyi oxirida otasi tufayli yurtimizga uchib kelgandi.
Ma’lumot uchun, Ahmedov 2017 yildan buyon Xitoy Superligasida to‘p tepib kelmoqda. 3,5 yil davomida "Shanxay SIPG" safida o‘ynagan hamyurtimiz shu yil sentabr oyi boshida "Tianjin Teda"ga ko‘chib o‘tgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar