
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi. Coca-Cola O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaldan davom etadi. «Sport-TV» telekanali xodimlari va PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev ishtirokida musobaqaga qur’a tashlandi.
O‘zbekiston Kubogi
1/8 final bahslari
7/8 dekabr
«Lokomotiv» — OKMK
«Qo‘qon-1912» — «Surxon»
«Buxoro» — «Metallurg»
«Qizilqum» — «Bunyodkor»
«Paxtakor» — «So‘g‘diyona»
«Andijon» — «Nasaf»
«Oqtepa» — «Navbahor»
«Mash’al» — «Sho‘rtan»
O‘zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichi 7-8 dekabr kunlari o‘tkaziladi. ¼ final uchrashuvlari 12 dekabrda, ½ finallar 16 dekabrda va final uchrashuvi 20 dekabrda bo‘lib o‘tadi.
PFL musobaqa qur’asi formati bo‘yicha klublarga ikkita variant taklif qilgan. Jamoalarning ko‘pchiligi har bir bosqichdan keyin alohida qur’a o‘tkazish variantini tanlagan. Shu tariqa har bir bosqich yakunida yangi qur’a tashlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar