07:35 / 15.11.2020
2 588

Arveladze "Paxtakor"dan Gruziya terma jamoasiga ketadimi?

Arveladze "Paxtakor"dan Gruziya terma jamoasiga ketadimi?
Rossiyalik jurnalistlar “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladzening o‘zi o‘ynagan Gruziya terma jamoasini boshqarishi mumkinligiga doir savolga hazil aralash javob berdi.

- Siz ilgari ikki marta Gruziya terma jamoasini boshqarish imkoniga ega bo‘lganingizni aytgansiz. Balki endi vaqti kelgandir?
- Yo‘q, bu juda qaltis masala. Men yaqinlarimning asabiylashishini istamayman. Gruziyada bosh vazir bo‘lish terma jamoani boshqarishdan osonroq. Yaxshisi bosh vazir bo‘laqolaman, - dedi Shota Arveladze.

“Paxtakor” bosh murabbiyi sifatida O‘zbekiston chempionati va mamlakat kubogida g‘olib chiqqan Arveladze bu mavsumda ham navbatdagi chempionlikka juda yaqin turibdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arveladze "Paxtakor"dan Gruziya terma jamoasiga ketadimi?