3 253
Diyor Imomxo‘jayev: "Nasaf"da bor narsani yo‘q qilishdi. Berdiyev ishini yaxshi bajardi, rahbariyat esa..."
Sport telekanalida PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muloqot chog‘ida PFL direktoriga "Nasaf" borasida savol berildi.
"PFL "Nasaf" jamoasiga qo‘lidan kelgancha yordam berishga harakat qiladi. O‘tgan mavsumda "Sug‘diyona" bilan ham shunday bo‘lgandi. Faqat ular vaqtliroq harakatni boshlagan edi. Oxirgi turda esa "Bunyodkor" bilan durang o‘ynab yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagandi. "Nasaf" xalqaro maydonga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa qisqa muddatda OFKdan qayta litsenziyadan o‘tkazib berishini so‘raymiz. Bunda O‘FA yoki PFLning aybi yo‘q.
Klubni ikkiga ajratadigan bo‘lsak murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev va rahbariyat. Birinchisi ishini yaxshi bajarib qo‘ygan, jamoasi ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Ikkinchisi esa bajara olmadi. Litsenziyalashdan o‘tkazishda besh tamoyil bor. Sport prinsiplari, moddiy texnik baza, yuridik, iqtisodiy va buning ichida buxgalterlik hisoboti ham bor. Klublarimizni eng ko‘p yiqitadigan narsa bu buxgalterlik hisoboti. Bu OFK talab qiladigan narsa.
Klublar bir yilda ikki marotaba audit tekshiruvidan o‘tishi kerak. Keyingi mavsumdan buni markazlashgan holatda o‘tkazamiz. Tender yordamida bitta auditorlik kompaniyasini aniqlab olamiz. Agar klublar o‘zlari o‘tkazadigan bo‘lsa o‘z manfaatlaridan kelib chiqib audit yollashadi. Bu bilan o‘zlarini aldashi mumkin, ammo OFKni aldab bo‘lmaydi. "Nasaf" mana shu narsadan o‘ta olmadi. "Nasaf" akademiya, infratuzilma bo‘yicha aksariyat jamoalardan ustun. Bu yerda bor narsani yo‘q qilishdi", - deydi Diyor Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi