Foto: «Autosport.com.ru»
Britaniyalik «Mercedes» haydovchisi Lyuis Xemilton faoliyati davomida yettinchi marta «Formula-1»da g‘olib chiqib, unvonlar soni bo‘yicha germaniyalik Mixael Shumaxerga tenglashib oldi.
15 noyabr kuni Xemilton Turkiya Gran-prisida birinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tib, mavsum natijalariga ko‘ra muddatidan oldin umumiy haydovchilar reytingidagi g‘alabasini ta’minladi.
Britaniyalik sportchi 2008, 2014, 2015, 2017, 2018, 2019, 2020 yillarda «Formula-1» chempionligini qo‘lga kiritdi. Shumaxer esa 1994, 1995, 2000, 2001, 2002, 2003, 2004 yillarda g‘olib bo‘lgan.
Sentabrda bosh jarohatidan so‘ng tiklanayotgan Shumaxer Malorkaga, Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peresning sobiq villasiga o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bungacha u Shveysariyadagi uyida davolangan.
Mixael Shumaxer 2013 yilda Alp tog‘larida chang‘i uchayotgan vaqtda tosh ustiga yiqilib, bosh miyasi og‘ir jarohatlangan. Natijada poygachi komaga tushib qolgan. Neyroxirurglarning fikricha, sportchi vaqti kelib faqat o‘tira olishi va o‘zgalar ko‘magidagina kichik qadamlar tashlashi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi