07:00 / 17.11.2020
3 861

Eldor Shomurodov koronavirusning o‘chog‘iga borgan ekan

Eldor Shomurodov koronavirusning o‘chog‘iga borgan ekan
Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, A Seriya klublarining deyarli barchasi koronavirusga bevosita duch kelgan.
Umumiy hisobda, shu paytgacha Italiyada faoliyat ko‘rsatayotgan 104 nafar o‘yinchi koronavirus yuqtirib olgan. Faqatgina “Udineze” koronavirusdan himoyalanishda saralashi kurashayotgan yagona klub bo‘lib qoldi.

Oktabr oyining ilk kunlari “Rostov”dan ketib, Genuya shahriga yo‘l olgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov koronavirusning o‘chog‘iga borgan bo‘lib chiqyapti. “Jenoa”da koronavirus epidemiyasining tarqala boshlagan vaqti aynan Eldor Shomurodov Genuya shahriga kelgan kunlariga to‘g‘ri keldi. “Jenoa”ning 18 nafar futbolchisi infeksiyani yuqtirib olgan edi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Shomurodov jamoasi A Seriyada birinchi o‘rinda turibdi.

Shuningdek, “Parma”da o‘n ikki, “Roma”da o‘n bir, “Sampdoriya”da sakkiz nafar futbolchida COVID-19 virusi borligi aniqlangan. Shuningdek, “Fiorentina”, “Inter”, “Milan”da yettita, “Latsio” va “Sassulolo”da oltita, “Yuventus”, “Spetsiya” va “Torino”da beshtadan holatda futbolchilar zararlangan. Zlatan Ibrohimovich va Krishtianu Ronaldu singari futbol yulduzlari ham koronavirusdan davolanib chiqishga majbur bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov koronavirusning o‘chog‘iga borgan ekan