20:13 / 20.11.2020
2 992

Ro‘ziqul Berdiyev: "Kuz-bahor tizimiga o‘tsak yaxshi bo‘lardi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Kuz-bahor tizimiga o‘tsak yaxshi bo‘lardi"
Superliga 23-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" — "Nasaf" (3:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bellashuv haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Raqib haqli g‘alaba erishdi deb o‘ylayman. Mezbonlar o‘z futbolini o‘ynadi. Standart vaziyatlar hamda qarshi hujumdan unumli foydalanishdi va bizni haqli ravishda mag‘lubiyatga uchratishdi. Albatta biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmaganligimizning bir nechta sabablari bor. Bu bahonadek tuyulishi mumkin, lekin biz g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatmadik".

- Ko‘pchilik futbol atrofidagilar o‘zbek futbolini kuz-bahor tizimiga o‘tishi kerakligi haqida fikr bildirishmoqda. Mana oxirgi yillarda noyabr oyi sovuq kelmoqda bu ham futbolchilarga xalal bermaydimi? Haqiqatdan ham kuz-bahor tizimiga o‘tish fursati yetmadimikin?
- Biz bu haqida qachonlardir taklif kiritgandik. Ushbu mavsumda shu tizimga o‘tsak bo‘lardi. Bu yaxshi yechim bo‘lardi deb o‘ylayman. Chunki bu mavsumda ko‘p tanaffus va uzilishlar bo‘ldi. Bilamizki ko‘p davlatlar kuz-bahor tizimida o‘ynashadi. Bu juda ma’qul keladi. Bu tizimga o‘tsak futbolchilar ham yozning jazirama issig‘ida futbol o‘ynashmas edi. Shaxsan men bu taklifni ma’qullayman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Kuz-bahor tizimiga o‘tsak yaxshi bo‘lardi"