
"Tezkor Studiya" loyihasining navbatdagi sonida "Paxtakor"ning chempionligi va qolgan tur uchrashuvlari borasida fikrlar yangrab o‘tdi.
Unda bevosita "Paxtakor" sport direktori Ja’far Irismetov bilan aloqaga chiqilib ayrim savollarga javob oldik.
"Jaloliddin Masharipovni ko‘p jamoalar o‘ziga jalb qilishni istamoqda. Lekin Shota Arveladze u bilan xayrlashishga tayyor emas. Oxirgi ikki yil ichida Masharipov o‘sishga erishdi. Yaxshi taklif kelib tushsa ko‘rib chiqishga tayyormiz. Klub tomondan aytadigan bo‘lsam bunday futbolchi bizga kerak. OCHLda birinchi o‘rinni olmoqchi ekanmiz, nima uchun uni qo‘yib yuborishimiz kerak. Agarda Jalolidinni transfer qiladigan bo‘lsak, undan tushgan pulga boshqa saviyali ya’ni uning darajasidagi legionerni jalb qilishimiz qiyin bo‘ladi. Shartnomani yangilash uchun muzokaralar olib bormoqdamiz", - deydi Ja’far Irismetov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar