19:11 / 24.11.2020
2 638

Abramov: O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2022 saralashining keyingi bosqichiga chiqsa, «Bunyodkor»ni tark etaman

Abramov: O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2022 saralashining keyingi bosqichiga chiqsa, «Bunyodkor»ni tark etaman
Foto: O‘FA
O‘zbekiston terma jamoasi va «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov «Futbol Plyus» radio eshittirishidagi suhbat chog‘ida bir vaqtda ham klub, ham terma jamoada ishlayotgani masalasida fikr yuritdi.

- "O‘z vaqtida «Lokomotiv»dan O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tganimda, menga hech kim klubdan ketish haqida gapirmagan. O‘sha vaqtda bu qarorni o‘zim qabul qilganman, chunki u paytlar bu qaror to‘g‘ri edi. O‘sha vaqtda «Paxtakor» va «Bunyodkor» o‘rtasida kuchli raqobat bor edi, shuningdek, boshqa jamoalar ham ularga raqobat qila olardi. Futbolchilar tanlovi katta edi, shu sabab men ham xotirjam edim.

Biroq hozir bizning futbolda shunday vaziyatki, terma jamoaning asosi, deyarli 11-12 futbolchi «Paxtakor» o‘yinchilaridan iborat bo‘lib qoldi. Bu milliy terma jamoa uchun katta minus. «Paxtakor» Chempionlar Ligasida qo‘shimcha yuklama oladi, o‘sha-o‘sha tarkib. Biz nima qilamiz, faqat Shota Arveladze bilan o‘ringa o‘rin almashamizmi? Uch kun ichida ularga boshqacha o‘yin uslubini singdira olmayman.

O‘ylashimcha, hozirda «Bunyodkor» orqali terma jamoaga ko‘proq foyda keltira olaman. «Bunyodkor»da terma jamoada to‘p sura oladigan va mening ko‘rsatmalarimni bajara oladigan yosh futbolchilar paydo bo‘ldi. Terma jamoa keyingi bosqichga o‘tishi bilan men o‘zim klubni tark etaman va faqat O‘zbekiston terma jamoasi bilan shug‘ullanaman.

Tasavvur qiling, agar «Bunyodkor» bosh murabbiyi bo‘lmaganimda nima bo‘lardi? Pandemiya sharoitida shuncha vaqt nima qilardim, faqat o‘yinlarni kuzatib borarmidim? Men u siz ham har bir o‘yinni kuzatib boraman. Buning nimasi muammo, bilmadim. Men bo‘lmasam «Bunyodkor» bundan aziyat chekadi, terma jamoaga esa bu hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi
", - deydi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramov: O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2022 saralashining keyingi bosqichiga chiqsa, «Bunyodkor»ni tark etaman