2 284
Vadim Abramov: «Men murabbiyman, agent emas. Murabbiylar oldi-sotdi bilan shug‘ullanmaydi»
Foto: «Bunyodkor» FK
O‘zbekiston terma jamoasi va «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov «Futbol Plyus» radio eshittirishida klubdagi shogirdlarini terma jamoaga jalb qilgan holda ularni sotishga urinayotgani haqidagi gaplarga munosabat bildirdi.
- Ayrimlarning yozishicha, men «Bunyodkor» o‘yinchilarini keyinchalik sotish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga jalb qilib, reklama qilayotgan ekanman. Shuni aytmoqchiman, men bozorda emasman, men murabbiyman, agent emas. Kimnidir sotmoqchi bo‘lsam, u holda «Bunyodkor»da kim bilan o‘ynayman? Siz futbolchi sotadigan murabbiyni ko‘rganmisiz? Murabbiy yaxshi futbolchi sotib olishni istaydi, bu unga kerak. Ularni berib yuborish men uchun nimaga kerak, meni istagim ularni ushlab qolish.
Xalqaro maydon ulkan bozor? Buni menga qizig‘i yo‘q, men uchun natija muhim. Har bir futbolchi o‘zini ko‘rsatishni va kuchliroq klubga yo‘l olishni istaydi, bu ularning orzusi. Mening orzum esa g‘alaba.
Hech qaysi murabbiy futbolchilar oldi-sotdisida qatnashmaydi. «Bunyodkor» atrofida qancha agent izg‘ib yuradi. Barcha o‘yinchilarning o‘z agenti bor. Uzoqqa bormaymiz, Xurshid G‘iyosov transferini misol keltiraman. U kelib Janubiy Koreyadan taklif borligi va ketishini aytdi, uning shartnomasi tugagandi. Bizni esa oldinda Osiyo Chempionlar Ligasi kutib turardi. U bilan bir soat shu masalada gaplashdik. Unga shunday dedim: «Qanaqa Koreya, G‘iyosov!? Biz OCHLda ishtirok etishimiz kerak. «Bunyodkor»ga yordam ber, u yerda yanada jiddiy klublar nigohiga tushishing mumkin». Ammo uning agenti keldi va Xurshid Janubiy Koreyaga ketishini ma’lum qildi.
Shundan kelib chiqib aytaman, bizga futbolchini ushlab qolish muhim, uni sotish emas. Bunga Lutfulla To‘rayevni ham misol keltirish mumkin. Unda ham o‘tgan yili taklif bor edi. Uni qolishga ko‘ndirdim, yana bir yil yordami kerakligini aytdim. Chunki legionerlar kela olmaydigan vaqtda terma jamoaga maydon markazida harakat qiladigan tajribali o‘yinchi kerak edi. Odil Ahmedov yo‘qligida Lutfullaning xizmati kerak bo‘ldi, buning ustiga Odil Hamrobekov hozirda jarohat olgan. Agar To‘rayev ketganida, kim bizga yordam berardi?
Men terma jamoaga faqat «Bunyodkor» futbolchilarini olib bormayman. Statistikaga qarang, «Bunyodkor» o‘yinchilari jamoaning kuchsiz tomonidek ko‘rinyaptimi? Axir u yerga o‘g‘limni olib borayotganim yo‘q. Agar klub manfaatlarini o‘ylaydigan murabbiy bo‘lagimda Iroqqa qarshi o‘yinda «Bunyodkor»ning barcha 4 o‘yinchisini maydonga tushirmagan bo‘lardim. Bizni ikki kundan keyin «Metallurg»ga qarshi o‘yin kutib turgandi, - deydi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi