3 418
FIFA yangi reytingi. Alamli mag‘lubiyatlar O‘zbekiston terma jamoasiga qanday ta’sir qildi?
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) jahon terma jamoalarining 26 noyabr holatiga ko‘ra, yangi reyting jadvalini e’lon qildi.
Ushbu reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatlar ta’sirida bir pog‘ona pastlab, 85-o‘ringa tushib qoldi. Milliy terma jamoamiz to‘plagan ochkolar soni 1283 tani tashkil qilmoqda.
Vadim Abramov shogirdlari noyabr oyidagi FIFA kunlarida Birlashgan Arab Amirliklarida Suriya va Iroq terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida kuch sinashdi. Avvaliga, futbolchilarimiz suriyaliklarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘z navbatida, Suriya terma jamoasi yangi reytingda uch pog‘ona yuqorilab, 76-qatordan joy oldi.
Ikkinchi uchrashuvda Iroq terma jamoasi futbolchilarimiz ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. Iroqlikliklar ham FIFA reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 69-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Umuman olganda, Osiyo mamlakatlari terma jamoalari o‘rtasida hamon Yaponiya peshqadam. Kunchiqar yurt vakillari umumiy reytingda 27-o‘rinda bormoqda. Yaponlardan ikki pog‘ona past joylashgan Eron va 38-qatorga joylashtirilgan Janubiy Koreya ham avvalgi o‘rinlarini saqlab qolgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo mamlakatlari terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rni o‘zgarmadi. Hozircha, qit’adoshlarimiz orasida 12-pog‘onadamiz.
Osiyodagi eng kuchli terma jamoalar reytingi qo‘yidagicha ko‘rinish olgan:
27. Yaponiya (1 502 ochko)
29. Eron (1 496 4)
38. Janubiy Koreya (1 465)
41. Avstraliya (1 457)
59. Qatar (1 387)
67. Saudiya Arabistoni (1 353)
69. Iroq (1 347)
74. BAA (1 326)
75. Xitoy (1 323)
76. Suriya (1 313)
82. O‘mon (1 303)
85. O‘zbekiston (1 283)
O‘zbekiston Markaziy Osiyo vakillari orasida jahon reytingida Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmanistondan yuqorida bormoqda.
Dunyodagi terma jamoalar o‘rtasida Belgiya hamon yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab turibdi. Amaldagi jahon chempioni Fransiya esa ikkinchi pog‘onada qoldi.
Besh karra jahon chempioni bo‘lgan Braziliya terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasab bergan.
Kuchli o‘nlik bilan tanishing:
1. Belgiya (1780 ochko)
2. Fransiya (1755)
3. Braziliya (1743)
4. Angliya (1670)
5. Portugaliya (1662)
6. Ispaniya (1645)
7. Argentina (1642)
8. Urugvay (1639)
9. Meksika (1632)
10. Italiya (1625) “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi