
"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodovning vakili hisoblanmish ProSport Management agentligi vakili Qahhor Mo‘minov futbol agenti Marko Trabukkining Shomurodov borasidagi fikrlariga javob qaytardi.
"Marko yaxshi menejer bo‘lishi mumkin, ammo u futbolni kam ko‘radi va unda kam narsani tushunadi. O‘zini italiyalik futbol mutaxassisidek tutmoqda. U klubning iste’foga chiqarilgan sobiq direktori.
Eldorda ko‘nikish jarayoni ketmoqda, afsuski jarohati sabab 3 haftani o‘tkazib yubordi. Kechadan oldin kuni Genuya klubida asosiy tarkibda maydonga tushdi, yaxshi o‘ynadi va Skamakkaning goliga sababchi bo‘ldi. Jamoa muhim o‘yinda g‘alaba qozondi. Hammasi joyida, u italyan tilini o‘rganmoqda. Umuman barchasi rejaga muvofiq ketmoqda.
Roma Yeryomenko esa ajoyib futbolchi va "Rostov"da Eldorga ko‘p yordam bergan. Ammo afsuski u Shomurodovga atigi ikkita golli uzatma (Yeryomenko - Trabukkining mijozi) bergan", - deydi Mo‘minov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar