16:57 / 29.11.2020
2 478

Superliga. "Nasaf" "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi va kumush medalni naqd qildi

Superliga. "Nasaf" "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi va kumush medalni naqd qildi
O‘zbekiston Superligasi 25-turi doirasida "Bunyodkor" "Nasaf"ni qabul qildi. Turning markaziy bahsi o‘z nomiga loyiq bo‘ldi.
O‘yinni hujumlar bilan boshlagan mehmonlar 9-daqiqada Marko Stanoyevichning golidan so‘ng oldinga chiqib olishdi. Birinchi taymda tomonlar navbati bilan hujum tashkil qilishdi, birov darvozabonlar aniq o‘ynab, himoyachilarga imkoniyat berishmadi.

Ikkinchi taymda "Bunyodkor" ko‘proq hujum tashkil qildi, "Nasaf" esa qarshi hujumga tayangan holda o‘tkazdi. Biroq Ne’matov va Abduljalilov seyvlari sabab o‘yinda boshqa gol kiritilmadi.

Shu bilan "Nasaf" 25 turda 52 ochko to‘plab 2 pog‘onani egalladi, "Bunyodkor" esa 42 ochko jamg‘argan holda 4 o‘rinda qoldi.

"Bunyodkor" – "Nasaf" 0:1
Gol:
Stanoyevich 8.

"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abduljalilov, 3. Islomjon Qobilov, 4. Davronjon Ergashev, 5. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 10. Xurshid G‘iyosov (77. Selim Nurmuradov 74), 11. Rasul Yo‘ldoshev (34. Suhrob Izzatov 74), 13. Lutfulla To‘rayev, 14. Mirjahon Mirahmadov (90. Shahboz Erkinov 74), 17. Sanjar Qodirqulov, 19. Nurillo To‘xtasinov (49. Farrux Ikromov 66), 26. Ulug‘bek Abdullayev.
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 6. Anvar G‘ofurov, 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 35. Ibrohim Ibragimov, 37. Muhammadodil Qahramonov.

"Nasaf": 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Dilshod Rahmatullayev, 10. Bobur Abduxoliqov, 14. Sharof Muhiddinov, 15. Jo‘rabek Mannonov, 20. Islom Kenjaboyev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 21. Mashhurjon Muhamadjonov, 17. Faysal Faysal Traore, 18. Javohir Esonqulov, 19. Husayn Norchayev, 25. Muhriddin Zoirov, 50. Shohmalik Komilov, 70. Abubakr Rizo Turdaliyev.

Ogohlanirishlar: Ergashev 71, Eshmurodov 74.
Chetlatish: Ergashev 88.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Nasaf" "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi va kumush medalni naqd qildi