Foto: O‘zA
Farg‘onada «Neftchi» va «Turon» jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin (0:1) yakunida ommaviy tartibsizlikda ishtirok etgani uchun 8 kishi qo‘lga olingan va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Tribuna.uz muxbiri Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasiga asoslanib xabar bermoqda.
Qo‘lga olinganlar ichida futbolchilar yo‘q. Jamoalar o‘yindan keyin to‘liq tarkibda avtobusga o‘tirib ketishgan.
Aniqlanishicha, «Neftchi»ning hakamni tepgan futbolchisi Jamshid To‘raqulov bo‘lgan.
98-raqamli futbolkada Jamshid To‘raqulov, u ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan
Hakamlarda tashqi jarohatlar aniqlanmagan bo‘lsa-da, ular ekspertiza uchun tekshirilgan. Hakamga tashlangan va unga zarba bergan «Neftchi» futbolchilariga qanday chora ko‘rilishi aniq emas.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rasmiy kanalida ham ushbu o‘yindan keyingi holatlar bo‘yicha bayonot berildi.
«Neftchi» – «Turon» uchrashuvidan keyin sodir bo‘lgan holatlar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan. Hozirda barcha huquqbuzarlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqeaga aloqador har bir ishtirokchining harakatiga qonuniy baho beriladi», deyiladi bayonotda.
Foto: O‘zA
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onaning ikki jamoasi «Neftchi» va «Turon» Proliga g‘olibligi va Superliga yo‘llanmasi uchun maydonga tushgandi.
O‘yin yakunlanishi arafasida «Turon» darvozasi tomon berilgan zarbadan keyin to‘p mehmonlar himoyachisining bilagiga tegib qaytdi. Maydon egalari bu vaziyat uchun penalti berilmaganidan norozi bo‘lishdi. O‘yin yakunlangach esa «Neftchi» futbolchilari uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayev va uning yordamchilari Rishat Nugmanov va Doniyor Saylavovga keskin norozilik bildirishdi. Bu vaqtda maydonga muxlislar ham tushib kelishgandi.
Mezbon futbolchilardan biri hakamga akrobatik uslubda zarba berdi, u huquq-tartibot organlari yordamida futbolchilar va muxlislar ta’qibidan qochib qutulishga muvaffaq bo‘ldi, xabarlarda qanot hakamlaridan birining boshi yorilgani aytildi.
Foto: O‘zA “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi