Belarus chempionligini qo‘lga kiritgan “Shaxtyor” bosh murabbiyi Roman Grigorchuk jamoa yetakchisi Jasur Yaxshiboyev haqida gapirdi. Yaqinda ukrainalik mutaxassis o‘zbek futbolchisining salohiyati hali yuz foiz ochilmaganini aytgandi. Jurnalistlar murabbiydan shu fikriga izoh va Jasurning jamoada olib qolish imkoniyatlari haqida so‘radi.
- Men haqiqatan ham, Jasur Yaxshiboyev hozirgidan bir necha barobar o‘ynay olishiga xizmat qiladigan katta salohiyatga ega, deb hisoblayman. Uni yomon futbolchi, deb bo‘lmaydi. U yanada kuchli bo‘lishi mumkin.
Buning uchun unga nima xalaqit qilayotganini aniqlashga mening yetarli darajada vaqtim bo‘lmadi. Men uning dunyoqarashini oxirigacha anglab yetganim va bir xulosaga kelganim yo‘q. Jasurni juda yaxshi bilaman, demayman. Unga maslahat berishim uchun, qolaversa, matbuot oldida u haqida chiqish qilishim uchun Jasurning qanday inson ekanini 101 foiz bilib olishim kerak.
Albatta, u bilan juda ko‘p narsalar haqida gaplashdik. Nimalarnidir tushuntirdim, kerakli gaplarni aytdim.
Keyin u menga kelib, unga aytganlarim to‘g‘ri ekanini, kuchli klublarni kuzatib, shunday xulosaga kelganini tan oldi. Bu Jasurning aqlli futbolchi ekanidan, mahoratini yanada rivojlantirishni xohlayotgani va bunga erisha olishidan dalolat beradi. Ko‘proq ishlash kerak.
Qolgan narsalar haqida gapirishga hali erta. Yaxshiboyevning jamoada qolishi yoki boshqa joyga ketishi haqida fikr bildirish qiyin, - dedi Roman Grigorchuk.
Jasur Yaxshiboyev joriy yilning boshida Belarus chempionati oliy ligasiga ko‘chib borganidan keyin qisqa fursat ichida yuqori salohiyatli futbolchi ekanini ko‘rsata oldi. Avvaliga o‘rtamiyona hisoblangan “Energetik-BGU” futbolchilarini o‘z ortidan ergashtirib, peshqadam jamoalar qatoriga olib kirgan hamyurtimiz birinchi davradan so‘ng, “talabalar” safini tark etdi.
14 ta uchrashuvda to‘qqizta gol urgan hujumkor futbolchimizni chempionlik uchun kurashayotgan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan klubda ham o‘zbekistonlik legioner muqim o‘rnini topa oldi. Ikkinchi davrada ham yuqori saviyali o‘yin namoyish etgan Jasur 13 ta uchrashuvda yettita gol urib, jamoasining 15 yillik tanaffusdan keyin mamlakat chempioniga aylanishiga munosib hissa qo‘shdi.
Jasur Yaxshiboyev Belarus chempionatiga o‘tishdan maqsad, o‘zining futbolchi sifatida katta salohiyatga egaligini ko‘rsatish, kelajakda kuchli jamoalarda o‘ynash ekanini yashirmay gapirgan edi. Belarus chempionati unga Yevropa futboliga eshik ochib berishini ta’kidlagandi.
Iste’dodli futbolimiz bu mavsum oldiga qo‘ygan rejalarini to‘liq bajara oldi. O‘zini sifatli o‘yinchi va yanada o‘sishi aniq bo‘lgan iste’dod egasi sifatida namoyon etdi. Unga turli jamoalardan qiziqish bo‘layotgani ham bor gap. Jumladan, Belarus matbuoti o‘zbek legioneriga Yevropa Chempionlar ligasida qatnashish borasida katta tajribaga ega bo‘lgan “Dinamo Kiyev” va “Astana” klublaridan taklif bo‘layotganini yozdi.
Xulosa qilib aytganda, Jasur Yaxshiboyevni oldinda katta va jiddiy o‘zgarishlar, yangiliklar kutib turganga o‘xshaydi. Yaqinda “Paxtakor” tarkibiga kira olmay yurgan futbolchi oldida bugun tanlov imkoniyati ham vujudga kelmoqda. Eng muhimi, Jasur Yaxshiboyev o‘z oldiga katta maqsad qo‘yadigan va unga yetishish uchun to‘xtamay harakat qiladigan futbolchi ekanini isbotlay oldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi