“Barselona” va “Real” futbolchilari Adidas kompaniyasining futbolni targ‘ib etuvchi roligida suratga tushishdi


Adidas kompaniyasi mashhur sportchilar ishtirokida sportda eng yaxshi sportchi bo‘lishga ishtiyoq uyg‘otuvchi roliklar seriyasini suratga olishni boshladi.
Bunday roliklar sportga muhabbat qo‘yishga da’vat etib, o‘zida sportning butun mohiyatini qamrashni nazarda tutgan. Roliklarda sportda hamisha eng yaxshi bo‘lish uchun imkoniyat mavjudligi, mag‘lubiyatlar ortidan g‘alabalar ham kelishi va bir daqiqada barchasi o‘zgarib ketishi mumkinligi tarannum etilgan.
Bunday roliklarning ilk qismida “Barselona” hujumchilari Lionel Messi va Luis Suares, “Real” futbolchilari Garet Beyl va Xames Rodriges, basketbolchilar Joakim Noa (“Chikago Bullz”) va Jon Uoll (“Vashington Uizards”) suratga tushishgan.
Manba: www.kun.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…