3 654
"Turon" bilan o‘yindagi tartibsizliklar uchun "Neftchi" bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi
Joriy yilning 1 dekabr kuni o‘tkazilgan "Neftchi" - "Turon" uchrashuvidagi tartibsizliklar kelib chiqqan holat yuzasidan bugun "Neftchi" FK qarorgohida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov raislik qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda shuningdek, viloyat hokimining sport va turizm ishlari bo‘yicha maslahatchisi H.Ahmedov, Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari F.Abdillazov, Farg‘ona NQIZ direktori o‘rinbosari B.Mo‘minov, "Neftchi" FK bosh direktori Z.G‘ofurov hamda Farg‘ona viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidenti N.Otaqo‘ziyev qatnashdilar.
Viloyat hokimi X.Bozorov yig‘ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi. Yig‘ilishda ta’kidlandiki, 2020 yil 1 dekabr kuni o‘tkazilgan "Neftchi" - "Turon" bellashuvida "Neftchi" jamoasi futbolchilarining o‘yinni boshqargan hakamlarga nisbatan qilgan qo‘polliklari tufayli yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida futbolga xos bo‘lmagan holat bo‘lganligi, jamoa mas’ul xodimlari klub futbolchilarini o‘yinga yetarlicha jismonan va ruhan tayyorlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi, tartibsizlik keltirib chiqargan futbolchilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilganligi haqida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, kelgusida "Andijon" FK bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rish hamda ijobiy natija ko‘rsatish bo‘yicha "Neftchi" futbol klubi mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. "Neftchi" FK mas’ul xodimlari futbolchilarini o‘yinga yetarlicha jismonan va ruhan tayyorlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun bosh murabbiy A.Durmonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi